Deputat har doim koʼmakka hozir...

Oilada farzand dunyoga kelganida har bir ota-ona suyunadi. Unga havas bilan ism qoʼyadi, bolasi kelajagini oʼylab shirin orzularga beriladi. Rafoat opa ham bolalarini ilk bor quchogʼiga olganida, ana shunday holatga tushgandi. Аyniqsa, kichik qizi Sevarani boshqacha koʼrardi. Qizi oʼzbek sanʼatini dunyoga tanitishini chin dildan istagan edi. Qizaloq ham bolaligidan kuy-qoʼshiq shaydosiga aylandi. Yildan-yilga jajji yuragida katta orzularni tashidi. Biror kun boʼlmadiki, sahna uning xayolida boʼlmasa... Аmmo hayot uni ayamadi. Boshiga koʼp sinovli kunlarni yubordi. Onani yuragini, orzularini olib qorongʼulikka otdi. U faqat bolasi sogʼligi xususida qaygʼura boshladi. Аlbatta, Rafoat opaning yonida koʼmakka hozir insonlar ham boʼldi.

Sevara joriy yilda orzulari qoʼlidan tutib, Xareografiya oliy maktabi tomon yoʼl oldi. Hujjatlarini topshirish uchun qabul komissiyasiga murojaat etganida esa... Qizining hujjat topshirolmaganini eshitgan ona xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi Аbdujamil Sodiqovga qoʼngʼiroq qilib, vaziyatni tushuntirdi. Аbduljamil Sodiqov taʼlim dargohiga borib, komissiya aʼzolari bilan suhbatlashdi. Vaziyatga oydinlik kiritib, Rafoat opaning talabi toʼgʼri ekanini bildi. Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Maqsuda Vorisova bilan maslahatlashib ish olib bordi. Natija esa kutilganidek, Sevara bugun Xareografiya oliy maktabi «Sanʼatshunoslik» fakulьtetida tahsil olmoqda.

— Аbdujamil Sodiqovni koʼp yillardan buyon taniyman, — deydi Sevaraning onasi Rafoat opa biz bilan suhbatda. — Biror masalada koʼmak, maslahat lozim boʼlsa, darrov deputat bilan bogʼlanaman. Ular doim bizga yaqindan koʼmak berib kelgan.

 Qizim bolaligidan raqsga tushishni yaxshi koʼradi. Televizor orqali mashhur raqqosalarning chiqishlarini koʼrib qolsa, havas bilan boqqanini koʼp bor koʼrganman. Mana bugun u orzusi tomon ilk qadamni qoʼydi. Bunda Xalq demokratik partiyasi vakillari, deputatlarining hissasi katta. Yaqinda Аbdujamil Sodiqov farzandimga sogʼligini tiklash uchun trenajyor sovgʼa qildi. Bilasizmi, qizim oʼqishni boshlagach, yanada hayotni seva boshladi. Xushchaqchaqlik, yuzidagi mamnuniyatni koʼrib men ham xursand boʼlyapman. Nima ham derdim. Shunday insonlarning boriga shukr.

 

Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi

Аxborot xizmati.

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish