Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga Qashqadaryo viloyatidan ko‘rsatilgan takroriy ovoz berishlarda ishtirok etuvchi nomzodlar

Dilorom Imomova, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, 133-Shaxrisabz saylov okrugidan nomzod:

– Bizning maqsadimiz, vazifamiz, kerak bo‘lsa, hayot tarzimiz xalq bilan muloqotga bog‘liq. Demak, ko‘proq xalq ichiga kirib borishimiz kerak. Har bir monitoring natijalariga ko‘ra, tegishli qarorlar qabul qilinishi zarur. Bunda, odamlar ijtimoiy muammolarini xolis va adolatli hal etishda partiya yordam berishini bilishi kerak. Bu holatda mazkur masalalar bo‘yicha “uchinchi tomonga” murojaat qilishga zaruriyat qolmaydi. O‘z navbatida, partiya mahalliy kengashlari huzuridagi jamoatchilik qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish va partiya guruhlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashni rejalashtirganmiz.

 

 

Otabek Bozorov, neft va gaz geologiyasi, biznes boshqaruvi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati geologik-geofizik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 135-G‘uzor saylov okrugidan nomzod:

– Mamlakatimizda mutasaddi tashkilotlarga eng ko‘p murojaat qilinadigan, qolaversa, aholi orasida eng ko‘p muhokama etiladigan sohalardan biri kommunal xizmatlar bilan bog‘liq. Uy-joy xo‘jaligining holati bugungi kunda davlatning eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

Biz ushbu masalalarda tashabbuslar bilan chiqishni rejalashtirdik. Ya'ni, markazlashgan isitish va issiq suv ta'minotini, maishiy chiqindilarni olib ketish va utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni tabiiy monopoliyasi bo‘yicha qonunchilik me'yorlarini ko‘rib chiqish kerak, deb o‘ylaymiz.

 

Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

Teglar

Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish