Partiya yangiliklari
Andijon viloyatidan Sirdaryoga jo’natilgan yordam karvoni (video)
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati xalqimizni yanada jipslashtiradi
O‘zXDP dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, joylardagi ijtimoiy himoya bilan bog‘liq vaziyatdan partiyamiz deputatlari yaqindan xabardor bo‘lishi kerak.
Buning uchun birinchi navbatda qaysi hududda kimga yordam qilinishi bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollar va keksalar, ko‘p bolali oilalarga murojaat qilishini kutib o‘tirmasdan ijtimoiy ko‘mak yetib borishini e'tiborga olish kerak...
O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash strategiyasi qabul qilinadi
Ayniqsa, chekka hududlardagi xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlar yanada takomillashtiriladi. Ayollarning bandlik va mehnat bozoridan foydalanish huquqini kengaytirish uchun maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limining hammabopligini oshirishga e’tibor qaratiladi...
Koronavirus pandemiyasidan keyin o‘zgaradigan dunyoga tayyor bo‘lishimiz kerak
Karantin kunlarida chiqargan muhim xulosalarimizdan biri shuki, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelgan. Bu o‘rinda fuqarolarning konstitutsion huquqlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, yillar davomida e’tibordan chetda qolib kelayotgan masalalar ham bor. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi o‘z faoliyatida shu jihatga alohida e’tibor qaratadi...
YEOII bilan hamkorlik: oʻrganish, tahlil etish va baholash ishlari olib borilmoqda
Taʼkidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari yana-da chuqurlashayotgan bir paytda milliy iqtisodiyotimizni sogʻlomlashtirish va yana-da rivojlantirish uchun xalqaro iqtisodiy hamkorliklarni kengaytirish muhim vazifalardan sanaladi...
“Zarar yetkazilayotgani uchun ustama belgilanishi kerak”. O‘zXDP deputati hukumatga taklif bilan chiqdi
Paxtachi tumani “Navoiy kon-metallurgiya”, “Navoiyazot”, ”Navoiyelektrkimyo”, “Qizilqumsement” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan Navoiy shahriga ancha yaqin joylashgan. Mazkur korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida havoga ajralib chiqayotgan zaharli gaz va chiqindilari tuman aholisi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelyapti...
NNT va davlat boshqaruvi organlari bir bo‘lsa...
Endilikda Parlament komissiyasi tarkibida faoliyat yuritmoqdaman. Albatta, bu katta mas’uliyatdir. Hozirdan o‘zimga biriktirilgan hududdagi NNTlar bilan doimiy seminarlar o‘tish, tanlovlar haqidagi axborotlarni ularga vaqtida yetkazish, loyihalarni tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishni ko‘nglimga tugdim...
“Qishloq joyda yashash insonni huquqdan mahrum qilishi mumkin emas”. XDP deputati ayrim hududlarda QVPlarni qayta tashkil etishni so‘radi
Olis, chekka qishloqlarda tibbiy xizmatni tashkil qilish qiyin, buni tushunish mumkin. Byudjet imkoniyatlari ham cheklangan, bu ham tushunarli. Lekin biz chekka qishloqlardagi tibbiy xizmat muammosi haqida gapirarkanmiz, faqatgina birlamchi tibbiy yordamni chidasa bo‘ladigan darajada yo‘lga qo‘yishni nazarda tutyapmiz. Sharoiti qiyin joyda yashayotgani uchun opa-singillarimiz aybdor emasku, to‘g‘rimi?..
Senator koronavirusga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shmoqda
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi M. Qodirxonovaning Yangiyo‘l shahri va Zangiota tumaniga uyushtirilgan ushbu safari davomida ko‘plab ehtiyojmand va yolg‘iz insonlarning xolidan xabar olindi, moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatildi, antiseptik vositalar ham tarqatildi...
O‘zXDP deputatlari maxsus xizmat mashinalariga yo‘l bermaganlik uchun jarimalar miqdori oshirilishiga qarshiligini bildirdi
Keyingi masala: qonun tashabbuskorlari xorij davlatlari, jumladan, Singapurda jarimalar bizdagidan yuqori ekanini payqabdi. Lekin u davlatda aholining o‘rtacha daromadi qancha-yu bizda qancha?..
T.Narbayeva: yakka-yolg‘iz, boquvchisiz insonlar, ayniqsa, qariyalarning qarovsiz qolmasligiga ahamiyat qaratmoq zarur
Bugun parlament yuqori palatasining uchinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva senatorlar oldida turgan muhim vazifalarga ham to‘xtaldi...
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT
2020-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Videokonferentsaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi...
T.Narbayeva: shu sinovli kunlarda odamlarimiz jipslashishining guvohi bo‘lyapmiz
Xabaringiz bor, bugun parlament yuqori palatasining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva olib borib, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar borasida so‘z yuritdi...
Senatning uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi...
Maqsuda Vorisova Qonunchilik palatasi komissiyasi raisi etib saylandi
Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi ham tuzildi...
Koronavirus mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmasligi lozim
Deylik, xususiy bolalar bog‘chasi bankdan kredit olgan. Karantin tufayli bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ma’lum muddat bog‘chaga kelmasligi oqibatida uning hisob raqamiga hech qanday to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Chunki bozor qoidasiga ko‘ra, ko‘rsatilmagan xizmat uchun pul to‘lanmaydi. Lekin bu holat korxonani bank oldidagi majburiyatidan ozod qilmaydi...
“Mehribonlik uyidagi bolalarni 10—15 yil oq yuvib-oq tarab, keyin ko‘chada qoldirish bizga yarashmaydi”. Deputat Hukumat qarorini o‘zgartirishni so‘ramoqda
Boshpanasi yo‘q, ko‘chada sarson yurgan yoshlarning, norasida go‘daklarning kelajagi, taqdiri nima bo‘ladi? Shuncha qiyinchilik va sinovlarni boshidan o‘tkazgani kamday, endi ular jamiyatdan, hayotdan ijtimoiy yetim sifatida uzilib qolishi kerakmi?..
Kar va soqovlardan iborat oila nega oʻz uyidan haydab chiqarilmoqda?
Kutilmaganda oʻz uyidan judo boʻlish xavfi har qanday odamni iztirobga solishi tayin. Snoslar, ommaviy uy buzilishlarida odamlarning qay holatga tushgani barchaga maʼlum. Ayniqsa, bolta koʻtarib, oʻz uyini himoya qilgan ayol qiyofasi hali yodimizdan chiqmadi...
“Xomashyo yetishtiruvchi hududlarning sanoati rivojlanmay qolaveradimi?” XDP deputati taklif bilan chiqdi
Xomashyo yetkazib, chigitini o‘zida qayta ishlashdan mahrum bo‘lib qolayotgan hududlarda aynan sanoat o‘ta sust rivojlangan. Chunki, hozirgi holatda paxta xomashyosini yetishtirish eng kam daromadli soha hisoblanadi, daromad esa xarajatni deyarli qoplamaydi. Paxtani qayta ishlashdan daromad oladigan jarayonlar chigitni birlamchi va keyingi bosqichlarda qayta ishlashdan boshlanadi...
AYOL BAXTLI BO‘LSA, TURMUSH FAROVON, JAMIYAT MUSTAHKAM BO‘LADI
Bugungi jamiyatda ayol mavqei mehribon ona va uy bekasi doirasidan tashqariga chiqib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. Jamiyatda ayolning o‘rni juda muhim va faxrlidir. Chunki ayol o‘zining qalb mehri bilan erkaklarning cheksiz qudratini ijobiy yo‘nalishga burish xususiyatiga ega...