Yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar xizmatidan foydalanish bo‘yicha tanlov

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi targ‘ibot materiallarini hududlarga yetkazib berish maqsadida shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xizmatidan foydalanish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Targ‘ibot materiallarini yetkazib berish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.

Birinchi yo‘nalishda: Toshkent shahridan Namangan, Farg‘ona va Andijon shahriga;

Ikkinchi yo‘nalishda: Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Urganch va Nukus shahriga;

Uchinchi yo‘nalishda: Toshkent shahridan Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi va Termiz shahriga.

 

Tijorat takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

100029, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5/3.

 

Tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirgan korxona va tashkilotlardan 2023 yil 9 iyun soat 12.00 ga qadar tijorat takliflari qabul qilinadi.

 

Ma’lumot uchun telefon raqami: tel.: (71) 239-19-73

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish