TANISHLAR O‘RTASIDAGI JANJAL...

2019 yil 9 avgust kuni soat 17:00larda vaqtincha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasida yashovchi 24 yoshli G.V. ismli ayol o‘zi yashayotgan ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida o‘zaro janjal tufayli tanishi, Yunusobod tumani, Turk qo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi 25 yoshli D.R.ning ko‘krak qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada D.R. kasalxonaga yotqizilib, G.V. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Nilufar TO‘RAXONOVA,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.

← Roʻyxatga qaytish