«Faxriy fuqaro» maqomini berish tartibi to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.

Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin.

Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

Agar ushbu tashabbus davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan bo‘lsa, qaror tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Ushbu maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.

Ҳужжат ҳақидаги тўлиқ маълумот билан www.lex.uz сайти орқали танишиш мумкин.

 

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.

← Roʻyxatga qaytish