Tungi vaqtda soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish jarima solishga sabab bo‘ladi

— baland ovoz bilan qo‘shiq aytish;

— musiqa chalish;

— tovush signallari berish;

— xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;

— turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish.

Fuqarolarga 74 333 so‘m, mansabdor shaxslarga esa 111 500 so‘mgacha ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.

← Roʻyxatga qaytish