Kun.uz: «XDP kamida uchinchi o‘rinni ko‘zlagandi» - Ulug‘bek Inoyatov partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatsizligini izohladi

Xalq demokratik partiyasi lideri Ulug‘bek Inoyatov saylovning yakuniy natijalaridan xursand emas. U va partiya vakillari hech bo‘lmaganda 3 o‘rinni egallashni maqsad qilib kurashlarga qo‘shilgan. Bu haqda u Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanidan so‘ng Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi. 


«Bugungi natijalar, albatta, biz kutgan natija emas. Hech bo‘lmaganda oldingi saylovdagi uchinchi o‘rinda qolsak kerak degan niyatda edik. Ikkinchi o‘ringa chiqish niyati ham yo‘q emasdi.

Albatta, hamma birinchi o‘ringa harakat qiladi, lekin biz imkoniyatlarimizni chamalab shu natijani kutgandik.

Ikkinchidan, natijalarga men o‘zimni aybdor deb hisoblayman. Chunki men partiyaga rahbar bo‘lib kelganimga olti oy bo‘ldi. Olti oy ichida tashkiliy masalalarda ko‘p ish qildim, balki tajribasizligim pand bergandir. Bu mening aybim.

Uchichidan, bizning partiya parlamentdagi eng tajribali partiya. Balki xalqimiz bizning dastur va g‘oyalarimizdan qoniqmagandir», deya Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 

www.kun.uz

← Roʻyxatga qaytish