Yoshlarimiz tomonidan plogging aksiyasi tashkillashtirildi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumanining tog‘li hududida joylashgan Krasnogorsk shaharchasida (Qizil tog‘) yoshlar ishtirokida varrak sayli o‘tkazildi.

Tadbir avvalida yoshlar «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Sayl davomida plogging aksiyasi ham tashkillashtirilib, «Yoshlar qanoti» faollari bilan birga ko‘ngilli yoshlar yon atrofga tashlangan chiqindilarni yig‘ishdi. Chiqindilar mashinalarda belgilangan joyga olib borildi. Aksiya so‘nggida qatnashchilarga turli chiqindilarning atrof-muhitga yetkazadigan zarari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Faol ishtirokchilarga partiya Markaziy Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tabiat qo‘ynidagi ajoyib tushlikdan so‘ng «varrak sayli» boshlandi. Saylda asosiy maqsad faol yoshlarni partiyamiz atrofida birlashtirish va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish. Tadbirda Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi yoshlari ham faollik ko‘rsatishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish