O‘zbekiston kitobxonlar yurti

 

Hazorasp tuman Axborot-kutubxona markazida «VI Respublika Kitobxon xaftaligi» loyihasi doirasida «O‘zbekiston kitobxonlar yurti» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan suhbatda davlatimiz tomonidan yoshlarning kitobni mutolaa qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’limga va sportni rivojlantirish, yoshlarni bilimli, ilmli bo‘lishlariga sharoitlar yaratilib berilayotganligi, yoshlarga doir qonunlar, yangi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar olishdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari M.Vaisov, tuman Kengashi deputati Ya.Qutlimurotov, Hazorasp tumani Axborot-kutubxona markazi direktori D.Babadjanova, tuman Kengashi deputati Sh.Axmedova hamda Axborot-kutubxona markazi ishchi-xodimlari va kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish