Deputat va yoshlar uchrashuvi (video)

 

O‘zXDP Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan Alfraganus universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari U.O‘rozboyev va D.Mamajanova ishtirokida «Deputat va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

Muloqot davomida «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda partiyaning saylovoldi dasturida yoshlarga doir maqsadlarni amalga oshirish borasidagi taklif va mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan yoshlarga saylov qonunchiligi, siyosiy partiyalarning jamiyatimizdagi o‘rni, yoshlar parlamentining maqsad va vazifalari, qolaversa, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish