Sirdaryo viloyatida faxriylar va faollar bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan Faxriylar kengashi a’zolari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, keksalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishning sifati va darajasini oshirish, yolg‘iz qolgan keksalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu faoliyat doirasida partiya tashkilotlari va deputatlarining o‘rni xususida fikrlar bildirildi.

Samimiy muloqotdan so‘ng faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy
← Roʻyxatga qaytish