O‘QITUVCHILAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH UCHUN PUL TO‘LAYDILARMI?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek, tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

← Roʻyxatga qaytish