"Xalqlar do'stligi" saroyi maydonida yangi formatdagi targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Bu yilgi saylov xalqimizning kayfiyati va islohotlarga ishonchi ortgan butunlay yangicha muhitda oʼtishi kutilyapti. Taʼbir joiz boʼlsa, yangi Oʼzbekiston yangi saylovlarga kirib boryapti.

 Shuning uchun saylovchilar siyosiy partiyalardan qatʼiy taklif va tashabbuslar kutyapti. Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi bu jarayonda yuksak masʼuliyatni zimmasiga olib, saylov kampaniyasiga kirishdi.

Saylovga tayyorgarlik jarayonining eng muhim joyi bu, albatta, Saylovoldi dasturini ishlab chiqishdir. Partiyamiz ushbu hujjat loyihasini ishlab chiqishga ham yangicha yondashdi.

← Roʻyxatga qaytish