OHАNGАRONDА 17 KM. GАZ QUVURI TА'MIRLАNDI

“Sanam” mahalla fuqarolar yigʼinidagi “Ovjassoy” mahallasida yashovchi aholi xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi Payzulla Sherovga gaz quvurlarining taʼmirtalabligi haqida murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha, hududdagi gaz quvurlari qarovsiz qolgan, boʼyoqlari koʼchib, zanglash boshlangan.

Deputat P.Sherovning tashabbusi bilan masala hal etilgan. Shu kunlarda deputatning homiyligi asosida hashar yoʼli bilan 17 km. gaz quvuri zanglardan tozalanib, boʼyalmoqda.

Oʼzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi

Аxborot xizmati

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish