PАRTIYAMIZ MАQSАDI FUQАROLАR UCHUN TENG SHАROIT YARАTISHDIR

Oʼzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi va viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi hamkorlikda “Ijtimoiy himoya va farovonlik uchun kurashimiz” shiori ostida yangicha usulda targʼibot tadbiri oʼtkazdi. Unda tumandagi yuzab aholi vakillari qatnashdi.

Bu galgi tadbirning avvalgilaridan ahamiyatli jihati shundaki, unda aholini sogʼlomlashtirish masalasi ustvor maqsad qilib olindi. Dastlab 12 umumtaʼlim maktabi sport maydonchasida 100 dan ortiq aholi uchun ertalabki badantarbiya mashqlari boʼlib oʼtdi. Mashq avvalida viloyat partiya kengashi raisi Sayyora Fayzieva salomatlik inson hayotida eng muhim masala ekani va bu Xalq demokratik partiyasining ustuvor vazifalaridan etib belgilanganini taʼkidladi.

Shundan soʼng ertalabki sogʼlomlashtirish mashqlari boshlandi. Unda yuzlab xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasidagi marafonda 5 km.ga faol yurish amalga oshirildi. Shuningdek, “Salomatlik maydonchasi va “Sogʼlom ovqatlanish yarmarkasi” tashkil qilindi. Noinfektsion kasalliklar profilaktikasi, sogʼlom ovqatlanish va jismoniy faollikni ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Navbatdagi manzil Boʼstonliq tumanidagi 11-son Qishloq oilaviy poliklinikasi boʼldi. U yerda chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik aktsiyasi oʼtkazildi. Xususan, tibbiyotning 11 ta tor yoʼnalishida malakali shifokorlar jalb qilindi. Koʼchma rentgen apparatlari, oftolьmologiya, uzi asbob-uskunalari yordamida fuqarolarga tashxis qoʼyildi. Jami 600 nafarga yaqin fuqaro koʼrikdan oʼtkazilib, 50 ga yaqiniga davolanish uchun hududiy va markaziy shifoxonalarga yoʼllanmalar berildi.

Shu bilan birga, tumandagi xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini saqlash bilan bogʼliq, turli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi hamda ularni davolash xususida zarur maʼlumotlar ham berildi.

Аktsiya davomida kattalar va bolalar tomonidan velosayr, sport chiqishlari oʼtkazildi. Аktsiya ommaviy saylga aylanib ketdi.

 Oʼzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Loyihalarimiz Saylov-2019 Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish