Deputat Paxtachida islohatlarning borishi bilan tanishdi (video)

Paxtachi tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy sohalarda ko'plab yirik ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherbek Buronov tuman hokimi M.Xamadamov hamrohligida tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, Burqut dashtida barpo etilgan uzumzor, kungaboqar plantatsiyalari, Qo'shhovuz va Go'ro'g'li mahallalarida “Obod qishloq” dasturi asosida olib borilayotgan ishlar, tibbiyot punkti va tadbirkor ayollar faoliyati o'rganildi.

O'rganish davomida Paxtachida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab uchun tanlangan binoda olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish