Kogon tumanida aholi muammolari o‘rganilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Kogon tumani kengashi tomonidan "Uyma-uy" loyihasi doirasida "Choloki" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olinmoqda. Viloyat Kengashi deputati S. Sharipova shu maqsadda xonadonlarga tashrif buyurdi.

Loyiha doirasida mahallaning Qalqon ko‘chasi 2-uyda yashovchi Ra’no Ashurovaning farzandi mustaqil yura olmasligi sababli, uyda tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit so‘ragan murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi. Masala yechimi yuzasidan tijorat bankiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 

 

 

Teglar

Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish