Xalq bilan muloqot – muammolarning samarali yechimi

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman Kengashi raisi, 17-Uchtepa saylov okrugi deputati Nazira Elmurodova tomonidan Uchtepa va Istiqlol MFYlarda "Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida 1 nafar fuqaro To‘lagan Xushvaqtovga nogironlik aravachasi olib berishda kerakli hujjatlar tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlarga topshirildi. Yana bir fuqaro Ra’no Samadovaning murojaati asosida nafaqasi kelmaganligi sababli, Xalq bankiga bog‘lanib nafaqasi yetkazib berildi.

Jamila Boboyorova va Gulchehra To‘rayevalar salomatliklarini tiklash maqsadida shifoxonada davolanishlari uchun yordam so‘rashdi. Ushbu fuqarolarni tuman shifoxonasiga yotqizish uchun amaliy yordam berilishi tushuntirildi.

Shu bilan bir qatorda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlarni zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirish, qishloqlarga internet tarmoqlarini o‘tkazish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalarida murojaat qilindi. Ushbu fuqarolarning murojaatlari mart oyida Openbudget portalida ovoz yig‘ish yo‘li bilan yutib olish mumkinligi tushuntirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish