Deputat mahallada

 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Ixtiyor Berdiyev "Deputat mahallada" loyihasi asosida "Temiryo‘lchi" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashdi.

Unda shahar Kengashi deputatlari Rustam Muktumov, Rajab Ashurov, Dilshod Qurbonov, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va 40 dan ortiq aholi ishtirok etdi.

Muloqot davomida aholidan ishga joylashtirish, dori-darmon, uy-joyini ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda liftlarning nosozligi, hojatxonalarni tartibga keltirish, piyodalar o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, suv quvurini o‘rnatish, moddiy yordam, ko‘chalarga video kamera o‘rnatish, tungi chiroqlarni o‘rnatish, "Ayollar daftari"ga kiritish kabi 25 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish