Ona va bola salomatligi ko‘ngil xotirjamligi

 

Ma’lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘tgan davr mobaynida xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, oilada sog‘lom avlod tug‘ilishi va ularning tarbiyasi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.

Shu maqsadda, O‘zXDP Qorako‘l tuman kengashi raisi L. Shermuhammedova tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi doirasida tumandagi "Kamolot" MFY da tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Unda mahallaning 63 nafar tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularga tibbiy yordamlar va maslahatlar berildi. 3 nafar ayolga davolanish uchun viloyat kasalxonasiga yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish