Yoshlar parlamenti saylovining 2-bosqichi: zukko, bilimli yoshlar saralanmoqda

 

O‘zXDP Buxoro viloyat kengashi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda saralab olingan iqtidorli, zukko, tashabbuskor, yangilikka intiluvchi yigit-qizlar saylovning viloyat tanlovida o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

O‘zXDP viloyat kengashi mas’ullaridan iborat hakamlar hay’ati huzurida o‘z taqdimotlarini o‘tkazgan ishtirokchilar erishayotgan yutuqlari, hozirgi va kelgusidagi ilmiy izlanishlari yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga bo‘ladigan saylovning respublika bosqichida eng faol yoshlar ishtirok etishga tavsiya etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti Saylov
← Roʻyxatga qaytish