Bo‘stonliqning eng faol deputati aniqlandi

 

O‘zbekiston XDP Bo‘stonliq tumani kengashi tomonidan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Bo‘stonliq tumani bosqichi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashida partiyamizdan saylangan 7 nafar deputatning 5 nafari ko‘rik-tanlovda ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovni O‘zbekiston XDP Bo‘stonliq tumani Kengashi Ijrochi kotibi E. Mirzaqulova tashkillashtirib, ko‘rik-tanlov shartlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Qatnashchilar natijalarini baholab borish uchun 3 kishidan iborat jyuri a’zolari va 2 kishidan iborat sanoq komissiyasi tashkil etildi.

Nizomga muvofiq barcha shartlar bo‘yicha ishtirokchilarning javoblari va chiqishlarini baholash natijalariga ko‘ra, M. Yulchiyev birinchi o‘rin, A. Abdlullayev 2-o‘rinni va Sh. Toshpo‘latov 3-o‘rinni egalladi. Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan g‘oliblar va ishtirokchilar faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish