Eng faol deputatlar taqdirlanmoqda

 

O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Namangan shahar bosqichi o‘tkazildi.

Viloyat partiya Kengashi raisi Ilhomjon Ataboyev ko‘rik-tanlovni o‘z kirish so‘zi bilan ochib, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.

Qatnashchilar uch shart asosida o‘zlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar va deputat sifatida olib borayotgan amaliy faoliyatlari bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholab borildi.

Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Muxtorjon Isaqov birinchi, Ilhomjon Kamolov ikkinchi, Rahmatillo Muxitdinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish