Buxoroda eng faol deputatlar aniqlanmoqda

 

O‘zbekiston XDP Romitan tuman kengashi tomonidan “O‘zXDP ning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.

Unda tuman Kengashi deputatlaridan 6-nafari ishtirok etdi. Tanlov jarayonida Nizomda qayd etilgan 3 bosqichdan iborat shartlar asosida ishtirokchilarning bilimdonligi, savodxonligi, hozirjavobligi sinaldi. Hakamlar xay’ati tomonidan ishtirokchilar baholab borildi.

Aholi muammolarini hal etishning eng samarali yo‘li hamda siyosiy hozirjavoblik shartlari g‘olibi bo‘lgan deputat Baxrombek Sa’dilloyev ko‘rik tanlovining mutlaq g‘olibi deb topildi va tuman kengashi tomonidan 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Qolgan qatnashchilarga turli nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar taqdim etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish