Avvalo o‘zingiz bilan kelishib olishingiz kerak!

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov o‘zi saylangan hududdagi 3-maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qizg‘in suhbatga boy bo‘lgan muloqotda maqsad belgilash, unga intilish, mashaqqatlarni yengish, bardoshlilik, mehr, Vatanga sadoqat kabi tuyg‘ular haqida dildan suhbatlashildi.

Shuning bilan bir qatorda vaqt qadri, ilm olish, kasb tanlash haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar yosh deputatning o‘z hayot yo‘lidan kelib chiqqan tajribasiga qiziqib, turli savollar bilan murojaat qilishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish