“Inson qadri uchun” shiori ostida ko‘rik-tanlov

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat Chinoz, Piskent va Ohangaron tumanlari Kengashlari tomonidan “O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining partiya saylovoldi dasturiga taalluqli bandlari ijrosini ta’minlashda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari ish samaradorligini oshirish, partiyaning saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlashda barcha darajadagi deputatlik korpusi salohiyatidan foydalanish maqsadida tashkil etilgan tanlov “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar bellashuvlarini baholab borish uchun har bir tumanda 3 nafardan jyuri a’zolari va 2 kishidan iborat sanoq komissiyasi tashkil etildi. Qatnashchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini namoyish qildilar.
Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra, Chinoz tumanida K. Shermatova birinchi o‘rin, Egamberdi Ozotov ikkinchi, Peysengul Djultayeva 3-o‘rinni egalladi. Piskent tumanida Bekobod MFY dan saylangan 7-Guliston saylov okrugi deputati Otaxonov Vositxon Valixanovich 15 ball to‘plab, g‘olib deb topildi. Ohangaron tumanida esa "Go‘shsoy" MFY 29-saylov okrugi deputati Abdulaziz Ibragimov yuqori natijani qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Qatnashchilarning barchasi faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

← Roʻyxatga qaytish