“Uyma-uy” loyihasi natija bermoqda

O‘zbekiston XDP Dang‘ara tuman Kengashi deputati N. Jabborov “Uyma-uy” loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan uchrashdi. Uyma-uy yurib, olib borilgan suhbatlar natijasida “Pishqaron” MFY mahallasida yashovchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan Sobiraxon Sobirovaning nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlandi. Deputat va hamkor tashkilotlar homiyligida ehtiyojmand fuqaroning iltimosi qanoatlantirilib, unga nogironlik aravachasi olib berildi.

Uyma-uy yurish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolari o‘rganildi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

← Roʻyxatga qaytish