Farg‘onaning eng bilimdon deputati ma'lum bo‘ldi

 

“Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostidagi “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shaharlardan, jami 13 nafar deputat ishtirok etib, 3 ta shart bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 29-Navbahor saylov okrugi deputati Mirzaev Murodjon Sobirjonovich 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi 2-Furqat saylov okurgi deputati To‘ychiev Baxtiyorjon Akbaralievich ikkinchi, Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi 26-Qashqar saylov okrugi deputati Madaminov Jahongir Shuhratjonovich uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Ko‘rik tanlov so‘nggida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi Zokirjon Zoxidov ishtirokchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish