Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sharofiddin Nazarov Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Aholi bilan muloqotlarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi normalar xususida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Xususan, har kim qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz, mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi, давлат fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi, ногиронлиги bo‘lgan shaxslar hamda aholining ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilanayotgani batafsil tushuntirilmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish