Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi Guliston Davlat universiteti Akademik litseyi bilan hamkorlikda "Chinakam xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz beramiz!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zXDP Sirdaryo viloyati “Ayollar qanoti” rahbari, GulDU Tarix fanlari dotsenti O‘. Erbo‘tayeva, shahar Kengashi deputati V. Xasanov, GulDU Akademik litseyi Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. Qudratov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga to‘liq va batafsil ma’lumotlar berdi.

Deputat Vohid Xasanov Konstitutsiyaga yoshlar bilan bog‘liq alohida bob kiritilayotganini, kelajagimiz egalarining ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – konstitutsiyaviy majburiyat sifatida belgilab qo‘yilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zXDP Sardoba tumani Kengashi tomonidan "Navro‘z" MFY da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston XDP Sardoba tumani Kengashi raisi S. Namozov yangilanayotgan Bosh qomusimizning ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilish savol-javoblar tarzida mazmunli o‘tdi.

O‘zXDP Guliston shahar Kengashi tomonidan esa Guliston tibbiyot klasterida "Aholiga sifatli tibbiy xizmat kafolatlanadi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Yig‘ilishda XDP Guliston shahar Kengashi raisi G. Useinova va shahar deputati Z. Erkaboyevlar Yangilanayotgan Konstitutsiya, uning oddiy fuqarolar hayotida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish