Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori!

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Eski qal’a” MFY binosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova ishtirok etib, mahalla ahliga Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida gapirib berdi.

Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyamizga elektorat vakillari, faollardan 3 mingdan ortiq takliflar berilgani, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida partiyamizning siyosiy platformasiga hamohang me’yor va qoidalar aks etayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Partiyamiz a’zolari, xayrixohlarini eng quvontirgani jihati O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani birinchi moddadayoq qat’iy belgilab qo‘yilayotganligidir. Keyingi moddalarda buni amalda ta’minlaydigan konstitutsion qoidalar aks etmoqda, – dedi M. Vorisova.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish