Samarqanddan Qurultoyga delegatlar saylandi

 

Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashining VIII plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenum kun tartibida Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat tashkiloti va partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtiroki hamda O‘zbekiston XDP ning XIII qurultoyiga viloyatdan delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalarda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha fikr yuritildi. Shu asosda partiyadan ko‘rsatilgan bo‘lajak nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini yig‘ish (to‘plash) ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirish choralari belgilandi.

Qurultoyga plenum a’zolari tomonidan 7 nafar delegatlar saylandi.

 

 

 

Teglar

Plenum Saylov
← Roʻyxatga qaytish