Prezidentlikka nomzodning Qashqadaryodagi ishonchli vakili bilan uchrashuvlar davom etmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Qashqadaryodagi ishonchli vakili Olim Ravshanov Kasbi tumanidagi Reabilitatsiya markazida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishonchli vakili Olim Ravshanov saylovchilarga nomzod saylovoldi dasturidagi tashabbuslar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berdi.

Xususan, ishonchli vakil yig‘ilganlarga dasturda nazarda tutilgan yolg‘iz keksalar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlariga e’tiborni kuchaytirish tashabbusining ahamiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil saylovchilarning bergan savollariga bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish