Qoraqalpog‘istonda ham ishonchli vakil bilan uchrashuvlar davom etmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Xalilla Yeshimbetov To‘rtko‘l tumanidagi Tibbiyot kollejida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berdi. Xususan, dasturdagi ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni, ayniqsa, ishsiz ayollar sonini keskin kamaytirish, fuqarolarning kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rish tashabbusi haqida tushuntirishlar olib bordi.

Ishonchli vakil bu tashabbusning amalga oshirilishi aksariyat ishsiz aholi, xususan, ishsiz ayollarning ish bilan ta’minlanishiga, shuningdek, odamlarning turmush darajasi yanada farovonlashuviga olib kelishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida saylovchilar bergan savollarga ishonchli vakil batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish