Toshkent viloyatidagi ishonchli vakilning saylovchilar bilan uchrashuvlari qizg‘in tarzda o‘tmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Qizilgul Qosimova Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishonchli vakil Qizilgul Qosimova saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidagi yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berdi.

Xususan, dasturdagi o‘zini-o‘zi band qilish va xususiy tadbirkorlardan olinadigan daromadlar hisobidan mehnatga layoqatli aholining barqaror ish o‘rinlarida bandligini ta’minlashga erishish tashabbusi haqida yig‘ilganlarga bafurja tushuntirishlar berib, mazkur tashabbusning ahamiyati haqida gapirdi.

Tadbirda ishonchli vakil saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish