Salomatlik tuman boylik

 

Mamlakatimizda inson manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. Shu boisdan ham aholi salomatligini mustahkamlash, farovon kelajagini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Voxidova tashabbusi bilan navbatdagi ko‘rik 8-son oilaviy shifokorlik poliklinikasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Tuman davolash profilaktika muassasasining malakali mutaxassislari “Boshrabot” mahallasida kam taminlangan, ehtiyojmand oilalar a’zolarini chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Ushbu tibbiy ko‘rik davomida 35 nafar fuqaroga statsionar davolanish yuzasidan maslahatlar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish