Hunarli kishi xor boʼlmas

 

Xalqimizda "Hunarli kishi xor bo'lmas", degan naql bejiz aytilmagan. Qo'lida hunari bo'lgan odamning ro'zg'ori but, ko'ngli to'q, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'ladi. Hunarli inson o'ziga ham, o'zgalarga ham naf keltiradi.

O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Norova Iskana mahalla fuqarolari yig‘inidagi Tupchoqcha qishlog‘ida yangidan ish boshlagan  yoshlar bilan uchrashib, yoshlarimizga tadbirkorlik qilib, hunar egallashlari uchun hozirgi kunda barcha sharoitlar yaratilganligi toʼgʼrisida tushunchalar berdi.

Tikuvchilik yo‘nalishida ish boshlagan Bobomurodova Mohichexra oʼz imkoniyatlarini ishga solib 3 dona tikuv mashinkasi bilan qishloqdagi 12 nafar yosh qizlarga tikuvchilikdan ustozlik qilmoqda. Mohichexra kelgusida o‘z faoliyatini  kengaytirib, mahalladagi ishsiz yoshlarni ishli qilishni niyat qilgan. Uchrashuv so‘ngida bir guruh yoshlarimiz partiya safiga qabul qilindilar.

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish