O‘quv-seminarlari davom etmoqda...

 

Paxtaobod va Izboskan tuman Kengashlaridagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzolari hamkorligida "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati"ga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida "Konstitutsiyaning" vujudga kelish tarixi, uning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab berishi, bosh qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani, qolaversa, konstitutsiya 65 foizga yangilangani taʼkidlandi.

Shundan soʻng, bir guruh partiya faollari hamda deputatlarga partiya Markaziy Kengashining Faxriy yorliklari topshirildi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga oid savollarga javoblar berilib, partiya faollaridan asosiy qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini joylarda keng targʻib etishda faol boʻlishlari aytildi.

Teglar

Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish