Masalalarning aksariyati joyida hal qilinmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga qarashli Manas mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan dehqonlarga ekin yerlarini ijaraga berish ishlarining holati, shuningdek hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash sohasiga oid amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada yechimini kutayotgan mavjud masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida Manas mahallasidagi 1209 ta xonadonlarda jami 6610 nafar fuqarolar istiqomat qilayotganligi qayd etildi. Shundan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar soni 3977 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalar soni 23 tani, kam ta’minlangan oilalar soni esa 5 tani tashkil etadi.

Bugungi kunda mahalla aholisining 234 nafari tuman korxona va tashkilotlarida ish bilan ta’minlangan. Shuningdek 96 nafar aholi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishadi.

O‘rganishlar davomida ko‘tarilayotgan masalalarning aksariyati joyida hal qilinmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish