Ayollar holidan xabar olindi

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat, Sh.Rashidov tuman kengashi tomonidan Yangiobod mahallasida “Mehr ulashaylik” loyihasi doirasi ayollar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi.

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan «Ayollar daftari»ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingan.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat, tuman kengashi raisi va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori hamda mahalladagi mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh dastlab Yangiobod mahallasidagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganib, 6 ta murojaatdan 4 tasi joyida hal etildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish