Aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, XDP deputati Ergash Abdurayimov va deputat Zafar Adilovlar mahalla faollari bilan "Furqat" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

Uylarning yerto‘lalari va tomlari ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan suhbatlashib, kirish yo‘laklari va atrofdagi tozalik holati ham atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganishlar yakunida shahar hokimligida tashkil etilgan shtabga tanqidiy-tahliliy axborot berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish