Jamiyat taraqqiyotida yoshlarning ishtiroki beqiyos

 

O‘zbekiston XDP Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva tomonidan Tibbiyot kollejida "Yoshlarga ko‘mak" loyihasi asosida partiyamizning Saylovoldi dasturi hamda BPT faoliyatida belgilangan maqsad-vazifalar ijrosi bo‘yicha ta’lim dargohining faol yoshlari bilan suhbatlashib, ular bilan partiyamiz faoliyati bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga "Yoshlarga ko‘mak" loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyat taraqqiyotida yoshlarning ishtiroki va o‘rni, yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi masalalar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga "O‘zbekiston-2030" strategiyasi mamlakatimizning kelgusi yetti yil davomidagi rivoji asosiy yo‘nalishlarini belgilab berganligi bilan ahamiyatli bo‘lib, strategiyada ustuvor maqsadlar ifoda etilib, 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilganligi, ushbu strategiyaning har bir bandi mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi haqida ma’lumot berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish