Yoshlar bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi yoshlar sektori tomonidan “Yoshlar qanoti” koordinatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi xodimlari, Yangiyer, Guliston shahar kengash raislari, “Yoshlar qanoti” koordinatorlari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Yoshlar qanoti va koordinatorlari vazifalari va ish faoliyatini yanada kengaytirish, iqtidorli, yutuqlarga erishgan va uyushmagan yoshlarni “Yoshlar qanoti”ga jalb etish, shuningdek bugungi kunda ishlab chiqilayotgan yoshlarga oid qonun va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati hususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Savol-javob tarzida o‘tgan muloqot yakunida bir qator faol yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish