Safimizdagi o‘rnak olsa arzigulik ayollar

 

Navoiy shahridagi Konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, shoira, adib, dramaturg - Xosiyat Bobomurodovaning «O‘rtacho‘l malikasi» deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Doston qahramoni O‘zXDP Navoiy viloyat kengashi deputati, «Valiobod» fermer xo‘jaligi rahbari, «Faxriy professor» unvoni sohibasi Ra’no Valiyeva bo‘lib, uning jasoratga to‘la hayot va faoliyati tasvirlagan. Asarda Ra’no opaning Vatanni, xalqni sevishi, unga sadoqat bilan xizmat qilishi, mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik kabi tuyg‘ulari tarannum etilgan.

Kitob o‘quvchida yangiliklar va kashfiyotlar bilan shug‘ullanish insonga baxt, saodat keltirishi to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada kengaytiradi. Haqiqatdan ham Ra’no opani «O‘rtacho‘l malikasi» deyish mumkin. Butun umrini dalada mehnat qilishga, xalq vakilasi-deputat sifatida aholining muammolarini hal qilishga bag‘ishladi. Xalqning manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ya olgan haqiqiy o‘zbekning, partiyamizning o‘rnak olsa arzigulik hayot tajribasiga ega qahramon ayoli.

Qizg‘in mushoiraga aylanib ketgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi B.Sadriddinov, shoira X.Sadinova, professor A. Xolmurodov, O‘zXDP Navoiy viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Z. Tog‘ayevalar ishtirok etishdi.

 

 

 

Teglar

Faxriy Deputat
← Roʻyxatga qaytish