Deputatlar ajrimlarning oldini olish bo‘yicha ishlar holatini o‘rganadi

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri raisligida uslubiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan "Shahardagi mahallalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish" to‘g‘risida vazifalar belgilandi. Yig‘ilishda Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov o‘z fikr- mulohazalarini bildirib, takliflar bildirdi.

Yakunda deputatlik o‘rganishlari natijalari bo‘yicha Kengash sessiyasi kun tartibiga masala kiritish yuzasidan xulosa qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish