Deputat nazorati

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati X. Yeshimbetov o‘zi saylangan Beruniy tumani 26-sonli «Shabboz» saylov okrugi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi «Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan deputatlik o‘rganishini o‘tkazdi.

Xususan, «Shabboz» saylov okrugi hududidagi «Sarkop», «Palvash» va «Shobboz», «Saroyko‘l», «Ibn-Sino», «U.Jumaniyazov» va «Turon» mahallalarida bo‘lib, qarorga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda aholi bilan muloqot qildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suv tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, ko‘chalarni ta’mirlash, piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda 455-sonli transformatorga qo‘shimcha transformator qurish, elektr uzatish liniyasini SIP kabeliga almashtirish ishlari olib borilgani va to‘liq tugallangani aniqlandi.

Fuqarolar bilan uchrashuvlar yakuniga binoan «Turon» MFY hududidagi gaz tarmog‘i bilan ta’minlanmagan xonadonlarni gaz tarmog‘i bilan ta’minlash masalasida deputatlik so‘rovi yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish