Deputatlar sayyor qabul o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti deputatlik guruhi a’zolari Muhammadjon Jo‘raboyev, Zohidjon Saydaliyev ishtirokida tumandagi "Toshloq" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolarning sayyor va Ko‘chma jamoatchilik qabuli o‘tkazildi.

Ko‘chma qabulda yigirmadan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Muloqot chog‘ida Toshloq MFY Navro‘z ko‘chasi, 8-uyda yashovchi Akram Do‘smatov o‘zi yashayotgan uyning kadastr hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam so‘radi.

Shuningdek, Uchqun ko‘chasi 75-uyda yashovchi Dildoraxon Yuldasheva kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganligi sababli o‘quvchi farzandiga qishki issiq kiyim-bosh olib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa, Sheroziy ko‘chasi 3-uyda yashovchi Mamlakatxon Ziyoviddinova sog‘lig‘ini tiklash uchun dam olish maskaniga yo‘llanma olishda qiynalayotganini ma’lum qilgan.

Sayyor qabulda ishtirok etgan deputatlar murojaatlarning 70 foizini mutasaddi tashkilotlar yordami bilan ijobiy hal etishdi. Qolgan 30 foiz masala yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish