Tibbiyot xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi

 

Bugun O‘zXDP Navoiy viloyat kengashi, Karmana tumani kengash raisi X.Ro‘ziyev tashabbusi bilan tumandagi “Zarafshon” oilaviy shifokorlik punktida partiya targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. “Zarafshon” boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib, tibbiyot xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Shuningdek, Allon va Nurafshon mahallalari fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Pediatr, lor, terapevt, akusher ginekolog va boshqa mutaxassislar aholini UTT, EKG tekshiruvidan o‘tkazib, tibbiy davolanishga ehtiyoji bor 30 nafar fuqarolarga tegishli tartibda tavsiya va yo‘llanmalar berdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish