Deputatlar «Yashil makon» umummilliy aksiyasida faol

 

Yurtimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 25 oktabrdan 1 dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Pedagogika institutida «Yashil makon» umummilliy aksiyasi doirasida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

Ushbu xayrli ishda deputatlar, partiyaning faol nuroniylari, mahallalardagi «Keksalar maslahati» guruhi raislari, institut faollari hamda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish